Hamkorlik natijalari: UZCHAM MONGOLIA platformasi tashkil etildi
O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida Biznes va investitsiyalar assotsiatsiyasi (BAIA) tomonidan may oyida tashkil etilgan biznes forumi amaliy natijalar berdi.
O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida Biznes va investitsiyalar assotsiatsiyasi (BAIA) tomonidan may oyida tashkil etilgan biznes forumi amaliy natijalar berdi. Mo'g'uliston vakillari ikki mamlakat tadbirkorlarini birlashtirish uchun UZCHAM MONGOLIA platformasini tashkil etishdi.





UZCHAM MONGOLIA ning asosiy yo'nalishlari: • Yagona ekotizim: O'zbekiston va Mo'g'uliston investorlari, ishlab chiqaruvchilari va savdo tashkilotlarini birlashtiradi.
Ustuvorliklar: Savdo, investitsiya, logistika, turizm va innovatsiyalarni rivojlantirish. • Prinsiplar: Ishonch, ochiqlik va o'zaro manfaatga asoslangan uzoq muddatli hamkorlik.
BAIA xalqaro biznes aloqalarini mustahkamlashda va a'zolari uchun yangi bozorlarni ochishda davom etmoqda.